Shaxmat. Nodira Nadirjanova, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Abdusattorov shaxmat olimpiadasini mag‘lubiyatsiz yakunladi, Afruzani Hamdamova ayollar grossmeysteri normasini bajardi.

  • 22 sentabr, 2024, 22:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z nihoyasiga etdi. Bu galgi musobaqada erkaklar terma jamoamiz kuchli uchlikdan joy olgan bo‘lsa, ayollarimiz 12-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari yakkalik bahslarda ayrim shaxmatchilarimiz yuqori natijalarni qayd etishdi. Jumladan:

Tecno

- WIM Nodira Nadirjanova shaxmat olimpiadasining 8 ta turida ishtirok etib mag‘lubiyatsiz 7 ochko jamg‘arib, o‘z taxtasida ikkinchi o‘rinni egalladi;

- GM Shamsiddin Vohidov o‘z doskasida birinchi o‘rinni egalladi! Shamsiddin 45-Jahon shaxmat olimpiadasining 10 ta turida ishtirok etib biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi;

- GM Nodirbek Abdusattorov o‘z doskasida ikkinchi o‘rinni egalladi! Nodirbek 45-Jahon shaxmat olimpiadasining 11 ta turida ishtirok etib biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi;

- Afruzani Hamdamova ayollar grossmeysteri (WGM) normasini bajardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!