Shaxmat. O‘zbekiston maktab jamoalari Osiyo saralash bosqichidatarixiy natija qayd etdi

  • 10.04.2026 22:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat

Musobaqada 19 ta davlatdan 26 ta maktab jamoasi, jami 114 nafar sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini “Wisdom school” va “Al-Khwarezmi IT school” jamoalari himoya qildi.

Joriy yilning 7–10 aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida maktab jamoalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionatiga Osiyo saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra, “Wisdom school” jamoasi mag‘lubiyatsiz ishtirok etib, 16 ochko bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va maktab jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati (Grand Final) yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, shaxsiy taxtalarda ham o‘zbekistonlik shaxmatchilar yuqori natijalar qayd etdi:

Obidjonov Oryat — bronza (2-taxta)

Obidov Biloliddin — oltin (3-taxta)

Abduqayumov Alisher — oltin (5-taxta)

“Wisdom school” jamoasi tarkibi:
Botiraliev Abdumajid (FIDE sport ustasi, 2212), Obidov Biloliddin (2192), Obidjonov Oryat (FIDE sport ustaligiga nomzod, 2093), Abduqayumov Alisher (1998), Hikmatxonova Mohinur (ayollar FIDE sport ustaligiga nomzod, 1975).

“Al-Khwarezmi IT school” jamoasi tarkibi:
Qurbonov Usmonjon, Davronov Islom, Shermatov Azimjon, Sharifjonova Kumushxon, Muydinov Mustafo (barchasi 1400 reyting).

Shu tariqa, o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar xalqaro maydonda yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!