Shaxmat. Toshkentda dunyo shaxmat yulduzlari jam bo‘ladi

  • 27 mart, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

28-29 mart kunlari Toshkentda “XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov” xalqaro turniri o‘tkaziladi.

Tecno

Ushbu turnirda ishtirok etish uchun 9 ta davlatdan 20 nafar kuchli shaxmatchilar ro‘yxatga olingan. Musobqa 9 turdan iborat bo‘ladi. Turnirning sovrin jamg‘armasi esa 70 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Musobaqada Rustam Qosimjonovning o‘zi ham ishtirok etadi. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, Javohir Sindarov, Jahongir Vohidov va Shamsiddin Vohidov singari yosh grossmeysterlarimiz, bundan tashqari Shaxriyar Mamedyarov, Aleksandr Grishchuk, Jorden va Forest va Parxam Magsudlu kabi mashhur shaxmatchilar g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!