Shaxsanem Amaniyazova – yilning eng yaxshi ayol sportchisi, deb topildi!
Xabaringiz bor, o'tgan yili Gruziyaning Tbilisi shahrida havaskor MMA bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida IMMAF jahon chempionati o‘tkazildi.
E’tiborliisi, unda bir qator hamyurtlarimiz ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Aynan o‘sha musobaqada vakilamiz Shahsanem Amaniyazova finalda qozoqistonlik raqibasini mag‘lub etib, o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioniga aylangandi.
Yana bir quvonarli jihat shundaki, IMMAF tomonidan muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, Amaniyazova yilning eng yaxshi (o‘smir) ayol sportchisi, deb topildi!



Fikrlar