Shayxlar “Barsa” so‘ragan yulduzning narxini aytdi

  • 26.03.2026 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluni “Barselona”ga bepul qo‘yib yubormoqchi emas.

Bu haqida Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Avvalroq kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik qishda ijaraga olingan Kanseluni jamoada saqlab qolishni istashi xabar qilingan edi, ammo “Barselona” futbolchini faqat erkin agent sifatida olishga tayyor.

Biroq bunday stsenariy “Al-Hilol”ni qoniqtirmaydi. Klub o‘z himoyachisi uchun 15 million yevro talab qilmoqda. “Barselona”ga ijaraga olinganidan keyin Kanselu jamoa safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!