Shayxlar Harri Keynni transferga ko‘ndirmoqchi

  • 19.07.2026 18:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempioni “Bavariya”ning angliyalik to‘purar hujumchisi Harri Keyn faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolierining ma’lumotiga ko‘ra, “Al-Hilol” angliyalik futbolchining vakillari bilan ehtimoliy transferni baholash maqsadida muzokaralarni boshlagan.

Hozircha hujumchining o‘zi kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. Ayni paytda Keynning manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar Saudiya klubining sport va moliyaviy taklifini o‘rganib chiqmoqda.

Keynning “Bavariya” bilan shartnomasida maxsus band mavjud bo‘lib, unga ko‘ra uchinchi mavsumda uning tovon puli 65 million yevroga teng bo‘ladi.

Shu sababli “Al-Hilol” ushbu imkoniyatdan foydalanishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ayni paytda Saudiya klubi hali “Bavariya” bilan rasmiy bog‘lanmagan va faqat Keyn vakillarga aloqaga chiqib, avval futbolchining roziligini olishga harakat qilayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!