
Sherzod Nasrullaevning jarohati borasidagi so‘nggi ma’lumot!
Avstraliyaga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets shogirdi Sherzod Nasrullaev bo‘lajak bahsni o‘tkazib yuborishini aytdi. Murabbiy buning sababini aytmadi. Sports.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev Nasrullaevning jarohati qanchalik jiddiyligi borasida aniqlik kiritdi.
"Sherzod Nasrullaev belidan shamollagani bois, Hindiston bilan bilan o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng almashtirishlarini o‘zi so‘ragan. Ayni damda, mashg‘ulotlardan ozod etilgan "Nasaf" himoyachisi davolanmoqda.
U Avstraliya bilan o‘yinda ishtirok etmaydi, ammo pley-offning birinchi bahsidayoq safga qaytadi. Sherzodning jarohati jiddiy emas", - deyiladi xabarda.
Fikrlar
Сан хали ватанимиз шарафини химоя киласан.