
Sheshko Holand bilan taqqoslanayotgani haqida gapirib o‘tdi
"Leyptsig"ning 22 yoshli hujumchisi Benjamin Sheshko APLga o‘tayotgani va Xoland bilan taqqoslanayotgani xaqida fikr bildirdi.
"Bunday taqqoslashlar menga ilxom bag‘ishlaydi. Ular menga xech qanday bosim o‘tkazmaydi. Xolanddan xam yaxshiroq bo‘lish uchun o‘z ustimda ishlashda davom etaman.
Klubdagi jamoadoshlarimning aytishicha, biz bir-birimizga o‘shar ekanmiz, ayniqsa tezlik va bosh bilan o‘ynashda. Ularning ko‘pchiligi esa men undan yaxshiroq ekanimni takidlashadi", - deydi sloveniyalik forvard.
Sheshkoning "Nyukasl"ga trasnferi yakunlanish arafasida. Isakning ketishi qoldi, xolos.
Malumot uchun, Sheshko yakuniga etgan mavsumda umumiy 45 ta baxsda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "buqalar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar