
Shevchenko "Milan"ni boshqarish istagi borligini aytdi
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko kelajakda "Milan"ni boshqarish istagi borligini aytib o‘tdi.
“Milan” – hayotimning bir qismiga aylangan jamoa. Ammo, hozir men Ukraina terma jamoasida faoliyat olib boryapman. Qolaversa, Jennaro Gattuzo ham ayni damda jamoani juda yaxshi boshqarmoqda.
Albatta, qachondir “Milan”ni boshqarishni xohlayman. Chunki, men bu klubga va muxlislarga juda yaqinman. Balki “Milan”ga murabbiylik qilish vaqti menga ham kelar”, - deydi Shevchenko.
Ma’lumot uchun, Shevchenko 1999-2006 va 2008-2009 yillarda “Milan” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar