Shinji Okazaki La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 30.07.2019 20:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaponiyalik hujumchi Shinji Okazaki Ispaniyaning “Malaga” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli futbolchi La Liga klubi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. Ta’kidlash kerakki, u yangi jamoasiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Okazakining so‘nggi jamoasi “Lester” klubi bo‘lgan edi. U “tulkilar” safida  2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!