Shirer o‘zining eng katta rekordini uradigan hujumchi chiqqanini aytdi

  • 18.10.2025 11:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasida eng ko‘p –  260 ta gol urgan afsonaviy hujumchi Alan Shirer “Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland haqida iliq fikrlar bildirdi.

- Xoland – ideal markaziy hujumchi. Uning statistikasi g‘aroyib, gol urish istagi esa, fantastikaning o‘zginasi. Bu forvard menga juda yoqadi.

Erling tezkor, kuchli, chaqqon va raqib jarima maydonchasi ichida ko‘p futbolchilarga nisbata tezroq qaror qabul qila oladi. Bu hayratga soladigan fazilatlar. Uning to‘p kiritish qobiliyati mukammal rivojlangan.

Agar Xoland Premer-ligada yana etti-sakkiz yil o‘ynasa, mening to‘purarlik rekordimni yangilashiga hech qanday shubha yo‘q, - dedi Alan Shirer.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!