Shohjahon Ergashev tezkor g‘alabaga erishdi!

  • 04.01.2026 23:09
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Samarqandda o‘tkazilgan "Top Seven Fighters" promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi o‘z nihoyasiga yetdi.

Kechaning markaziy to‘qnashuvida taniqli bokschimiz Shohjahon Ergashev hindistonlik Gurprit Singhga qarshi ringga ko‘tarildi.

1-raunddayoq hamyurtimiz raqibining jigar qismiga kuchli zarba yo‘lladi va Gurprit bahsni davom ettira olmadi. Shu tariqa Ergashev professional faoliyatidagi yigirma oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!