Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi. Ikkinchi asosiy jangda esa Shahram G‘iyosov va Qudratillo Abduqahhorovning sobiq raqiblari to‘qnash keladi

  • 6 avgust, 2021, 23:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minneapolis shahrida "TGB Promotions" kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) WVA vaqtinchalik jahon chempionlik kamari egasi Gabriel Maestre (3-0, 3KO) o‘z kamarini bizga yaxshi tanish bo‘lgan bokschi Maykl Foksdan (22-2, 5KO) himoya qiladi.

Tecno

Kechaning ikkinchi markaziy bahsida esa Eymantas Stanionis (13-0, 9KO) va Luis Kollazo (39-8, 20KO) o‘zaro to‘qnash keladi.

Bu bokschilar biz uchun begona emas. Shohjahon Ergashev 2019 yil Foksni ochkolar hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyinchalik Fazliddin G‘oibnazarov unga imkoniyatni boy bergan. Shuningdek, Stanionis o‘zining havaskor boksdagi so‘nggi jangida Shahram G‘iyosovga engilgan. Bu jang Rio Olimpiadasi saralash bosqichida bo‘lib o‘tgan. Boshqa bir hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov esa 2019 yil Luis Kollazodan ustun kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!