
Shohsanamxon Toshpo‘latova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi!
Hozirgina para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasida S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Shohsanamxon Toshpo‘latova 2:27.92 daqiqa vaqt bilan 3-o‘rinni egalladi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 15 taga etdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
Fikrlar