Shok xabar: To‘rtta mashhur klub Husanovni olish bo‘yicha ish boshladi!

  • 25.09.2026 05:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» klubi «Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdukodir Xusanovga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Sports.kz jurnalist Sebast’yen Vidalga tayanib.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «zangorlar» rahbariyati qishki transfer oynasiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Jamoa yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida «Bornmut» futbolchisi Aleks Skott va «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonni ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, «Chelsi» Abdukodir Xusanovni ham o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganayotgani qayd etilmoqda. Manbalarga ko‘ra, 22 yoshli o‘zbekistondlik futbolchining London klubiga ehtimoliy transferi hozircha dastlabki ko‘rib chiqish bosqichida.

Eslatib o‘tamiz, Xusanov 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning «Lans» jamoasidan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. U shu tariqa Angliya Premyer-ligasida to‘p surgan O‘zbekistondan chiqqan ilk futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!