Shomurodov afrikalik to‘purarlar orasida qolib ketdi

  • 21.09.2026 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya chempionatida to‘purarlar bahsi ham qizg‘in davom etmoqda. Bu yozda turk klublari jahon futbolida nom qozongan yulduzlarni olib kelgani bilan bog‘liq. 

«Istanbul Boshakshehir» klubi safida to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionati 2026/27 yilgi mavsumida eng samarali to‘purarlar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqida Sports.kz xabar berdi.

«Genchlerbirligi»ga qarshi uchrashuvda (4:0) Shomurodov ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shu tariqa u yangi mavsumdagi olti o‘yinda olti gol urishga erishdi.

Hozircha undan ko‘proq gol urgan futbolchilar faqat ikkita: «Trabzonspor» hujumchisi Mohamed Salah va «Amedspor» forvardi Gift Orban hisobida yettitadan gol bor.

«Genchlerbirligi» ustidan yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng «Istanbul Boshakshehir» turnir jadvalida 12-pog‘onaga ko‘tarildi. Bu jamoaning yangi mavsumdagi ikkinchi g‘alabasi, shu bilan birga oxirgi besh o‘yindagi ilk zafaridir.

Keyingi turda «Istanbul Boshakshehir» safarda «Konyaspor» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!