Shomurodov "Atalanta"ga 2 ta gol urgan o‘yin videosharhini tomosha qiling (video)

  • 15.05.2021 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 37-turida “Jenoa” o‘z maydonida “Atalanta”ni qabul qildi.

Gollar shousiga aylanib ketgan o‘yin 3:4 hisobida bergamoliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Biz uchun ahamiyatlisi, 2-bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushirilgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov jamoasining 2 ta goliga mualliflik qildi. Bu Eldorning “Jenoa” safidagi ilk debyuti bo‘ldi. Mezbonlarning yana bir golini Goran Pandev (67') kiritdi. “Atalanta” safida esa Duvan Sapata (9'), Ruslan Malinovskiy (26'), Robin Gosens (44') va Mario Pashalich (51') gol mualliflari bo‘ldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!