Shomurodov bilan o‘ynagan yulduz Argentinga ketmoqchi

  • 24.02.2026 15:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma”da Eldor Shomurodov bilan birga oʻynagan mashhur futbolchi Paulo Dibala faoliyatini oʻz yurti Argentina da davom ettirishi va “Boka Xuniors” jamoasiga oʻtishi mumkin.

Hozir argentinalik futbolchi jarohat tufayli maydondan chetda va soʻnggi bir nechta oʻyinni oʻtkazib yubordi. U joriy mavsumda oʻyinlarda faol ishtirok etmayotgani sababli “Roma”dan ketishi ehtimoli yuqori.

Bu haqida jurnalist va insayder Matteo Moretto X ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasida maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, Dibala “Boka Xuniors” bilan muzokara olib bormoqda. Klub uni 2026 yil iyun oyidayoq transfer qilishga urinib koʻradi. Shu bilan birga “Roma” futbolchining shartnoma moliyaviy shartlarini kamaytirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Bu mavsumda Dibala barcha musobaqalarda “Roma” safida 22 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!