Shomurodov: Eron Tojikiston yoki Turkmaniston emas
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini yakuniga etdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda gollarga Jasur Yaxshiboev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullaev, Xojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboev jarima zarbasidan kiritdi.
Bellashuvdan so‘ng termamiz sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
- Men, Odil va Aboos maydonga tushib, o‘yinga temp qo‘shdik. Eng muhimi - muxlislar oldida g‘alaba qozonish. Bu ham bir tajriba bo‘ladi, deb ayta olaman. O‘tgan safar ham va bugun ham ilk taym qiyin bo‘ldi. Biroq uchrashuvga qayta oldik va g‘alaba qozondik.
- Barchamiz bilamiz, Eron bu Tojikiston yoki Turkmaniston emas. Ancha jiddiy raqib. Tayyorgarlik ko‘ramiz va muxlislar oldida g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz.
Fikrlar