Shomurodov, gol urmasang shunaqa bo‘ladi! Eldorga kutilmagan raqobatchi chiqib qoldi
Turkiya Superligasi debutanti «Amedspor» va «Istanbul Boshakshehir» jamoalari Turkiya chempionati 2026/27 yilgi mavsumi 5-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv mezbonlar yirik g‘alabasi bilan yakunlandi — 5:0. Birinchi bo‘lim oxirida, 45+1-daqiqada Emin Bayram o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va «Amedspor» hisobda oldinga chiqdi.
Aslida "Boshakshehir" muxlislari o‘yinning ikkinchi yarmida chempionat boshlanganidan beri qatorasiga to‘rtta uchrashuvda gol urgan Eldor Shomurodovni katta sahnaga chiqishini kutgandi.
Biroq tanaffusdan so‘ng maydon egalari ustunligi yanada oshdi. 51-daqiqada Gift Orban hisobni 2:0 qildi, oradan to‘rt daqiqa o‘tib esa nigeriyalik hujumchi ikkinchi golini urdi. 74-daqiqada Orban yana bir bor aniq zarba yo‘llab, uchinchi golini urdi va xet-trikka erishdi. 83-daqiqada Mbaye Diyanе gol urib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
«Istanbul Boshakshehir» tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Fayzullaev 63-daqiqada, Shomurodov esa 82-daqiqada zahiraga olindi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Amedspor» ochkolari sonini o‘ntaga yetkazdi. «Boshakshehir» esa to‘rt ochko bilan qolmoqda. Mazkur mag‘lubiyat «Boshakshehir» uchun Superligadagi besh turdan uchinchisi bo‘ldi.

Fikrlar