Shomurodov – gol ustasi! Yevropada Eldorga e'tibor qaratishdi
O‘zbekiston milliy jamoasi kapitani Eldor Shomurodov Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida raqib himoyachisi xatosidan unumli foydalaniib, hisobni ochdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Uchrashuvning 10-daqiqasida eronlik futbolchi orqaga aniq bo‘lmagan pas qaytardi. Mana shu vaziyatdan foydalangan Shomurodov to‘pni ilg‘ab oldi va jarima maydoni ichida darvoza tomon aniq zarba yo‘llab, darvozabonni imkoniyatsiz qoldirdi. O‘zbekistonlik hujumchining goli quyidagi videolavhada keltirilgan.
pic.twitter.com/K4D5wz0Jiq
Kaptan urgan goldan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 1:0 hisobida oldinga chiqdi. Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. O‘yin Farg‘ona shahridagi «Istiklol» stadionida o‘tmoqda.

Fikrlar