Shomurodov goli bilan reytingga “yorib” kirdi: Turkiya to‘purarlari poygasida jiddiy o‘zgarish ro‘y berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘onada Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv 24 sentabr kuni «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv faol boshlandi va mezbonlar tezda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 10-daqiqada Eldor Shomurodov raqib himoyachisi xatosidan unumli foydalanib, jarima maydonida to‘pni egalladi va darvozaga aniq zarba yo‘lladi.
Tanaffusdan so‘ng maydondagi vaziyat o‘zgardi. 49-daqiqada Jahongir Urozov noxush holatda to‘pni o‘z darvozasiga yo‘naltirib qo‘ydi va hisob tenglashdi — 1:1.
Biroq durang ko‘pga cho‘zilmadi. 58-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi penalti ishlab oldi. Eldor Shomurodov 11 metrlik jarima zarbasini ishonch bilan amalga oshirib, dubll rasmiylashtirdi va jamoasini yana oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Husayn Norchaev yana bir gol urib, o‘yindagi yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Fikrlar