
Shomurodov jamoasi qo‘lga kiritgan hujumchi “Jenoa”ga kelmay jarohat oldi
Kievning “Dinamo” jamoasi hujumchisi Vladislav Supryaga “Jenoa”ga o‘tishi kelishilgan edi.
Genuyaliklar 21 yoshli futbolchini keyinchalik 10 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
Vladislav Supryaga kievliklarning “Lyutsern”ga qarshi o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida jarohat olib maydonni tark etdi. U 61-daqiqada o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
Hozircha, jarohat qay darajada ekani aniq emas. Futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin uning qachongacha davolanishi aniqlanadi.
Fikrlar