
Shomurodov jamoasida o‘ynagan futbolchi Ronaldudan zo‘r hujumchi borligini aytdi!
Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Luka Toni ayni paytda A Seriyada to‘purarlik qilayotgan “Yuventus” yulduzi Krishtianu Ronaldu va “Inter” hujumchisi Romeldu Lukakuni o‘zaro taqqosladi.
- Ronaldu har doir jahon darajasidagi futbolchi bo‘lib qolaveradi, lekin Lukaku o‘zi gol urmagan o‘yinlarda ham o‘z jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan tarzda harakat qiladi. Hozirgi paytda men Lukakuni Ronaldudan ustun hujumchi, deb bilaman. Belgiyalik hujumchining Ronaldudan ancha yosh ekani ham e’tiborga molik jihat, - dedi Luka Toni.
Ronaldu joriy mavsumda A Seriyada 27 ta o‘yinda 25 ta gol urdi. Lukaku esa 29 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg‘ol qildi.
Luka Tonining o‘zi futbolchilik faoliyati davomida Italiyada o‘ndan ziyod jamoada to‘p surgan. Xususan, 2010-2011 yilgi mavsumda hozir Eldor Shommurodov o‘ynayotgan “Jenoa” hujumchisi bo‘lgan. Mohir to‘purar genuyaliklar tarkibida jami 16 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar