Shomurodov jamoasidan bir oʻyinchi bilan xayrlashdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki vakili – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan “Istanbul Boshakshеhir” klubi yangi yidning ilk kunlarida yetakchi o‘yinchilaridan biri bilan xayrlashganini rasmаn e’lon qildi.
32 yoshli hujumkor futbolchi Denis Tyuruch jamoani tark etadigan bo‘ldi.
- Biz o‘zaro kelishgan holda, klubimiz libosida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan Denis Tyuruch bilan xayrlashishga qaror qildik. Biz Denizga klubimiz rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz, - deyiladi klub bayonotida.
Deniz Tyuruch aslida Niderlandiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Tvente” va “Grafsxap” klublari akademiyasida ta’hsil olgan. Professional faoliyatini “Gou Ehеd Iglz” jamoasida boshlagan.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Tbruch 2015 yili Turkiyaga ko‘chib o‘tdi. Superligadagi faoliyatini “Kayserispor”da davom ettirib, keyinchalik “Fenerbahche”ga transfer qilindi.
Turkiyaning grand klubida asosiy tarkibga kira olmagan Deniz Tyuruch 2020 yili “Istanbul Boshakshеhir”ga ijaraга berildi va keyinchalik erkin agent maqomini olganidan keyin shu klubda qoldi.
Joriy mavsumda Tyuruch istanbulliklar safida barcha musobaqalarda 17 marotaba maydonga tushib, raqib darvozasiga bitta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga bitta golli pas uzatdi.
Eslatib o‘tamiz, “Istanbul Boshakshеhir” futbolchilari Superliganing joriy mavsumida 17-turdan keyin 23 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.
Jamoa yetakchisi Eldor Shomurodov esa, 17 ta uchrashuvda 12 ta gol urgan holda chempionat to‘purarlari poygasida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar