Shomurodov keldi, endi "Roma"ga jahon chempioni kerak emas!

  • 3 avgust, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma” tarkibini o‘ziga moslashtirmoqda. Portugaliyalik murabbiy tashabbusi bilan Eldor Shomurodov “Jenoa”dan olib kelindi va rasman tanishtirildi.

Tecno

Hamyurtimizning Rimga kelishi “Roma” tarkibidagi jahon va Evropa chempioni Pedro Rodrigesning ketish paytiga to‘g‘ri kelib qoldi. Aniqrog‘i, Joze Mourino 34 yoshli hujumkor yarim himoyachi ga yangi mavsumda imkon bermasligini ta’kidlab, uni mavsumoldi yig‘iniga jalb qilmadi.

“Roma” yaqinda ispaniyalik futbolchini “Zenit”ga taklif qilib, eronlik hujumchi Sardor Azmunning transferida undan foydalanmoqchi edi. Biroq, oxir-oqibat rimliklar Eldor Shomurodov nomzodida to‘xtadi.

O‘tgan mavsumda Pedro jamoaning eng faol o‘yinchilaridan bo‘ldi. U jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va ettita golli pas muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
04/08/2021 02:00
Yaxshi bulardi omad
&
Турсун Ғани
03/08/2021 22:20
Элдор фақат олға энди жамоанг кучли, мақсадари бор. Кучли мураббий Жозе Маур бор. Энди фақат сендан Голлар шодасини ва чиройли ўйинни кутиб қоламиз.