Shomurodov ko‘p terma jamoalar qilolmagan ishni uddaladi

  • 24.09.2026 21:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 

Uchrashuv Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Hisob 10-daqiqada ochildi: O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov raqib himoyachisi xatosidan unumli foydalanib, jarima maydoni ichidan aniq zarba yo‘lladi.

Eron 49-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — standart vaziyatdan keyin to‘p Vladimir Nazarov qo‘riqlayotgan darvozadan joy oldi. 

Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Behruz Karimovning raqib jarima maydonchasi ichiga yurishi penalti belgilanishi bilan yakunlandi. Eronliklar darvozaboni futbolchimizning yuziga urib yubordi. 

58-daqiqada Shomurodov ana shu penalti­ni aniq amalga oshirib, yana O‘zbekiston­ni oldinga olib chiqdi.

O‘yindagi to‘xtatishlar uchun qo‘shib berilgan uchinchi qo‘shimcha daqiqada maydonga zahiradan tushgan Husayn Norchaev raqamlar farqini oshirdi va uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Mazkur bellashuv O‘zbekiston uchun 2026 yildagi jahon chempionatidan keyingi ilk o‘yin bo‘ldi. Mundialda terma jamoa guruh bosqichida terma jamoamiz Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. 

Eron esa jahon chempionatini mag‘lubiyatsiz yakunlab, Yangi Zelandiya (2:2), Belgiya (0:0) va Misr (1:1) terma jamoalariga qarshi bahslarda durangga erishgan.

Shuni inobatga olgan holda Eldor Shomurodov yetakchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi uchta terma jamoa ep­lolmagan ishni uddalab, eronliklarni mag‘lub etdi. 

O‘zbekiston navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1 oktyabr kuni Suriyaga qarshi o‘tkazadi, 6 oktyabr kuni esa Janubiy Koreya bilan maydonga tushadi. Eron terma jamoasi 29 sentabr kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!