Shomurodov “Oltin butsa” uchun kechgan kurashga munosabat bildirdi
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 2025/26 yildgi mavsumida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Hujumchi 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol kiritdi.
So‘nggi turda “Gaziantеp”ga qarshi bahsdan keyin Shomurodov to‘purlik uchun kechgan kurash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Albatta, juda xursandman. Jamoamga ham katta rahmat aytaman, chunki men bu natijaga yolg‘iz erisha olmasdim. Biz juda yaxshi mavsum o‘tkazdik va chempionatni 5-o‘rinda yakunladik. Endi esa kubok finalini kutyapmiz. Bu o‘yinda “Trabzonspor”ni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi o‘zbekistonlik forvard.
Ma’lumot uchun, “Istanbul Boshakshеhir” mavsumni 57 ochko bilan 5-pog‘onada tugatdi. Agar “Trabzonspor” Turkiya kubogi finalida g‘alaba qozonsa, Nuri Shahin shogirdlari Konferentsiyalar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Fikrlar