Shomurodov oxirigacha kurashadi

  • 11 mart, 2021, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya uchrashuvlari qizg‘in pallaga kirgan bir paytda “Jenoa” o‘yinda pasayish kuzatilmoqda. Davide Ballardini shogirdlari ketma-ket beshta uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Genuyalik futbolchilari uch marta durang o‘ynadi va ikki bor imkoniyatni boy berdi. Xususan, Eldor Shomurodov jamoadoshlari oxirgi uchrashuvda safarda “Roma”ga kichik hisobda imkoniyatni bor berdi.

Tecno

“Jenoa”ning o‘yini va futbolchilari g‘alabasiz seriya tufayli muxlislarning tanqidiga nishon bo‘lmoqda. Ular jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Eldor Shomurodovning o‘yiniga ham e’tiroz bildirdi.

158287165_4367517569925796_6818305316766061551_o

E’tiboringizga muxlislarning Shomurodovning o‘yini bo‘yicha bildirayotgan fikrlarni havola etamiz.

Roberto Carbone:

Shomurodov oxirgi paytda o‘yinini ancha pasaytirib yubordi. Avval jamoamizga juda katta foyda keltirar edi. Hozir unday emas.

Alessandro Crescimbeni: (Roberto Carbone fikriga javoban)

Gapingizga qo‘shilaman. Yaqinda zaxirada maydonga tushgan uchrashuvlarda gol va golli pas muallifi bo‘lgandi. “Roma”ga qarshi bahsda darvoza tomon birorta zarba bera olmadi.

Giovanni Faleri:

Yangi hujumchi qidirishimiz kerak. Shomurodovning bunaqa o‘yini bilan yaqinda xavfli hududga qaytamiz.

Simone Toscano:

Ballardini Shomurodovga yana qancha imkon beradi? Hujumchi maydonda ko‘rinmay qoldiku.

Riccardo Mirone:

Destroni sobiq jamoasi “Roma” qarshi zo‘r o‘ynashini kutgandim, amalda juda bo‘sh harakat qildi. Shomurodov, Ptsa va boshqalar ham shunday. Hujumchilarimiz yo‘q bo‘lib ketdi.

Stefania Lenti:

Jarohatdan keyin Eldor yaxshi o‘ynay olmayapti. Jarohat ta’sirini o‘tkazayotganga o‘xshaydi.

Rodolfo Bellabarba:

Hujum chizig‘idagilar o‘zini ko‘rsata olmadi. Lekin Shomurodovga rahmat, hujumdagi sheriklaridan farqli ravishda yugurdi, jamoa uchun oxirigacha kurashdi. Afsuski, o‘zbek futbolchisining bu harakatlari hech qanday samara keltirmadi.

Christian Ghelli:

“Roma” darajasi yuqori ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Ularning futbolchilarini biznikilar bilan solishtirib bo‘lmaydi. “Roma” legionerlari zo‘r o‘ynagan bir paytda, bizning Shomurodov va Pandev oddiy holatlarda to‘p yo‘qotmoqda.

158144865_4367517603259126_95205288438391258_o

Ta’kidlash joizki, muxlislarning fikrlari asosiy hissiyotlardan kelib chiqmoqda va bu ko‘p jihatdan jamoa qayd etayotgan natijalarga bog‘liq bo‘lmoqda. Aslida “Jenoa”ning joriy mavsumdagi vazifasi A Seriyadagi joyini saqlab qolishdan iborat va Eldor Shomurodov jamoadoshlari bilan buni uddalamoqda.

“Jenoa” navbatdagi uchrashuvni 13 mart kuni o‘z maydonida “Udineze”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tungi 00:45 da boshlanadi.

Shomurodovni Rimni zabt etgan qahramonga tenglashtirishmoqda

Shomurodovda ayb yo‘q...

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!