
Shomurodov o‘ynaydigan bahsda ikki yil to‘p tepmagan mashhur yulduz maydonga tushadi
Angliya futbolining eng yorqin iste’dodlaridan hisoblangan Dele Alli faoliyati cho‘qqiga ko‘tarilgan paytda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
“Tottenxem”dagi yulduzli onlaridan keyin 2022 yilning boshida “Everton”ga ko‘chib o‘tdi. Tez orada bu jamoada ham ishlari yurimshmay, liverpulliklar uni “Beshiktosh”ga jo‘natib yubordi.
Turkiya chempionatidagi bir mavsumdagi keyin yana “Everton”ga qaytgan Dele Alli 2024 yili yozda bu jamoani ham to‘liq tark etishga majbur bo‘ldi.
Dele Alli futbolni yakunlash masalasini o‘ylab yurgan paytda “Komo”ga bosh murabbiylik qilayotgan Sesk Fabregas taniqli yarim himoyachini jamoasiga olib keldi.
Endi Italiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan “Roma”ga qarshi Rimda bo‘ladigan bellashuvda Dele Alli 735 kunlik tanaffusdan keyin yana yashil maydonga tushishi kutilmoqda.
Angliyalik yulduz oxirgi marotaba 2023 yilning 26 fevral kuni “Beshiktosh” safida “Antalyaspor”ga qarshi to‘p tepgan edi.
Biz uchun ahamiyatlisi, “Komo”ga qarshi muhim uchrashuvda Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, hujum chizig‘iga boshchilik qiladi.
Ushbu bahs 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar