Shomurodov transferi barbod bo‘lyapti!

  • 4 avgust, 2022, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eldor Shomurodov “Roma”dan “Bolonya”ga ko‘chib o‘tishga yaqin edi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokara yakuniy bosqichga kirgani haqida xabar tarqatgan Janluka di Martsio transfer amalga oshishi mumkinligini ta’kidlagandi.

O‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng “Bolonya” mutasaddilari poytaxtliklar qo‘ygan talabni qabul qilmadi. “Roma” sport direktori Tyagu Pinto rahbariyat bilan kelishgan holda, o‘zbekistonlik legionerning ijara shartnomasiga “Bolonya” uni mavsum oxirida 9 million evroga xarid qilishi majburiyati ko‘rsatilgan  bandni kiritgan edi.

4 (1)

“Bolonya” rimliklarga bu summani ko‘tara olmasligini bildirdi. Bolonyaliklar majburiy transfer summasini pasaytirish yoki bu bandni shartnomadan umuman olib tashlashni talab qilyapti.

Transferlarni tahlil qilib borayotgan ekspertlar “Roma” vakillari “Bolonya”ning talabini javobsiz qoldirishi ehtimoli katta ekanini ta’kidlayapti.

Chunki, o‘tkir hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Torino” va “Sassuolo” Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Ayniqsa, “Sassuolo” jamoasi rimliklar “Bolonya” oldiga qo‘ygan talab asosida Eldorni transfer qilishga tayyorligi aytilmoqda.

Shuningdek, manbalar “Vulverxempton” o‘zbek futbolchisining transferini birdaniga sotib olishga tayyorligi haqida yozmoqda. Biroq, Shomurodovning o‘zi Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishdan A Seriyada qolishni ma’qul ko‘rmoqda.

Evropa futboliga ixtisoslashgan https://www.euro-football.ru nashrining yozishicha, Shomurodovning Italiyada qolish istagi shu qadar kuchliki, o‘zbekistonlik hujumchi Germaniyadan bo‘lgan bir juft taklifni hatto ko‘rib chiqqani yo‘q.

Shu omillarni hisobga olib, ekspertlar Eldor Shomurodovning A Seriyaning o‘rtamiyona klublaridan biriga o‘tishi mumkinligini ta’min qilmoqda. Darhaqiqat, “Roma” rahbariyati ham Shomurodov transferi tezroq hal bo‘lishini kutyapti.

Poytaxtliklar erkin agent maqomida yurgan Andrea Belottini Joze Mourino bilan ishlashga ko‘ndirgan. Biroq, moliyaviy feyr-pley qoidalari buzilmasligi uchun Italiya milliy terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma Eldor Shomurodovning transferi hal bo‘lganidan keyin imzolanadi.  

Shomurodov O‘zbekiston chempionatida “Mash’al” va “Bunyodkor” jamoalari sharafini himoya qilgan. Hamyurtimiz 2017-2020 yillar davomida Rossiya premer-ligasi vakili “Rostov” jamoasida to‘p tepdi.  Legionerimiz Rossiya premer-ligasida 80 ta uchrashuvda o‘n oltita gol va o‘nta assist, Rossiya kubogida o‘nta bellashuvda bitta gol va bir juft golli pas, Evropa ligasi saralash turnirida bitta o‘yinda o‘z hisobiga bitta aniq zarba yozdirib qo‘ygan.

Shundan so‘ng, Eldor Shomurodovni “Jenoa” 2020 yilning oktyabrida 9 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Genuya klubida sakkizta to‘p kiritgan futbolchimizni o‘tgan yili yozda Joze Mourino o‘zi qabul qilib olgan “Roma”ga taklif etdi.

f7492e34-3e4b-4656-b1b7-22fd49512b6b

Rimdagi faoliyat forvardimiz uchun kutilganidek samarali bo‘lmadi. Asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Eldor jami 40 ta uchrashuvda beshta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

Shomurodovning “Roma” bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.

Evropa klubi: Shomurodov asosiy hujumchimiz o‘rnini egallashi kerak!

Shomurodovning “Vulverxempton” bo‘yicha pozitsiyasi aniq bo‘ldi!

Belotti kutib tur, Shomurodov ketvosin!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Djavharov Bahtiyor
03/08/2022 23:10
Италияни уртамиена командасига асосий уйинчисига айланиб, Ромага карши уйинда Романа гол уриши зарур
Aziz Yuldashev
03/08/2022 21:07
Тил билиш хам мухимлиги учун Италияни тарк этгиси келмаяпти Элдор, буни тўғри тушуниш керак.
&
Ашуров Бахтийор
04/08/2022 06:07
Италия футболи ҳозирги пайтда кучсизлпнган бўлиши мумкин. Лекин бари бир кучлий прессинг асосида ўйналади. Бунинг учун футболчи ҳар доим жисмонан кучлий бўлиши керак. Элдор эса аққиллий бола. Унинг қарорини ҳар қандай ҳолатда ҳурмат қилишимиз керак!