Shomurodov va Fayzullaevning yulduzlarga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sport statistikasiга ixtisoslashgan Flashscore portali «Istanbul Boshakshеhir» safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar — Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevning Turkiya Superligasi ikkinchi turidagi o‘yiniни baholadi.
«Trabzonspor»ga qarshi bellashuvda Istanbul klubi maydonni 1:2 hisobida mag‘lubiyat bilan tark etdi.
Shomurodov ushbu uchrashuvda hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonga tushdi. U raqib darvozasi tomon 4 marta zarba yo‘lladi, kutilgan gollar ko‘rsatkichi (xG) 1,14 ni tashkil etdi.
Eldor 16 uzatmaning 14 tasini aniq manziliga yetkazdi (88 foiz). O‘zbek futbolchisi penaltiдан raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo bu mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun yetarli bo‘lmadi. Flashscore Shomurodovning o‘yiniни 6,8 ballga baholadi.
Hujumkor futbolchi pozitsiyasida harakat qilgan Abbosbek Fayzullaev esa portaldan 6,1 ball oldi. Uning hisobida darvoza 2 ta tomon zarba, to‘p bilan 28 marta muomala va 14 uzatmaning 12 tasi (86 foiz) aniq chiqdi.
Qayd etish kerakki, Superliganing o‘tgan mavsumdagi eng zo‘r to‘purari bo‘lgan Eldor Shomurodov shu tariqa 2026/2027 yildgi mavsumda Turkiya chempionatidagi ikkinchi golini urdi. U avvalgi turda «Kojаelіspor»ga qarshi g‘alabali o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol etgan edi.

Fikrlar