Shomurodov va Muhammad Saloҳ gollari oʻyini taqdirini hal qildi

  • 23.08.2026 23:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya chempionatining ikkinchi turida yetakchi klublardan biri «Trabzonspor» futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan «Istanbul Boshakshehir» jamoasini qabul qildi. 

Uchrashuvda trabzonliklarning qo‘li baland kelib, Turkiya Superligasining ikkinchi turida mavsumdagi ilk  g‘alabasini nishonladi. 

Uchrashuv Trabzondagi «Papara Park» stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Hisob o‘yinning sakkizinchi daqiqasida ochildi — «Trabzonspor» safidagi eng mashhur futbolchi Muhammad Saloh o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. 19-daqiqada esa o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov penaltiidan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. 

Tanaffusdan so‘ng, 48-daqiqada Saloh ikkinchi golini urdi va «Trabzonspor»ni yana oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.

Shomurodov «Boshakshehir» tarkibida o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Jamoaning yana bir o‘zbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullaev ham asosiy tarkibda maydonga tushdi va 58-daqiqada almashtirildi.

Ikki turdan so‘ng «Trabzonspor»ning ochkolari soni to‘rtga yetdi, «Boshakshehir» esa uch ochko bilan qolmoqda. 

Shomurodov uchun bu Turkiya chempionati 2026/27 yildgi mavsumidagi ikkinchi uchrashuvdagi ikkinchi gol bo‘ldi. U avvalgi turda ham «Kojayelispоr»ga qarshi o‘yinda gol urib, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.

«Boshakshehir» uchinchi tur uchrashuvini 30 avgust kuni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida «Kasimpasha» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!