Shomurodov va O‘runov to‘p surayotgan chempionat qachongacha to‘xtatildi?
Rossiyalik jurnalist Sergey Egorov Rossiya premer-ligasi o‘yinlari qaysi sanagacha to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Uning xabarida aytilishicha RPL o‘yinlari koronavirus sabab 10 aprelga qadar to‘xtatiladi. Shu tariqa chempionatning 23- hamda 24-tur o‘yinlari qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya premer-ligasida 2 ta hamyurtimiz to‘p surmoqda. Bular “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov hamda “Ufa” yarim himoyachisi Oston O‘runovlardir.

Fikrlar