
Shomurodov va Umarov Osiyoda xaftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kurashmoqda!
Osiyo Futbol konfederatsiyasi har galgidek qit’aning haftadagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Biz uchun quvonarlisi, bu safar ushbu jarayonda ikki nafar futbolchimiz ishtirok etmoqda.
"Roma" vakili Shomurodov hamda mavsum avvalida BATE safiga borib qo‘shilgan Shahboz Umarov Osiyoda haftaning eng yaxshi futbolchisi, degan nom uchun kurashadi.
Eldor Shomurodov ("Roma", O‘zbekiston)
TsSKA Sofiyaga qarshi bahsda 90 daqiqa, 2 ta golli uzatma, 3 ta zarba;
"Verona"ga qarshi o‘yinda 67 daqiqa, 9 ta duelda g‘alaba.
Shahboz Umarov (BATE, O‘zbekiston)
"Shaxtyor" Soligorskka qarshi bellashuvda 90 daqiqa, 1 gol, 5 ta muvaffaqiyatli zarba, 14 ta yakkakurashda g‘alaba.
Quyidagi havola orqali legionerlarimizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga egasiz:
Fikrlar