Shomurodovdan ikkita gol o‘tkazgan jamoa “Jenoa”dan o‘yinchi oladi

  • 06.06.2021 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning 37-turida “Jenoa” bilan kuch sinashgan “Atalanta”da raqib jamoa himoyachisi Davide Dzappakostani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aslida bu futbolchi “Chelsi” vakili hisoblanadi va genuyaliklar tarkibida ijarada to‘p tepdi.

“Atalanta” anchadan beri kuchli himoyachiga ehtiyod sezmoqda va Italiya futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan  Dzappakosta “Atalanta”ning zaif nuqtasini yopishi mumkin. Agar bu transfer amalga oshmasa, bergamoliklar “Groningen” himoyachisi Gabriel Gudmundsson yoki “Vilyarreal” vakili Alfonso Pedrasu nomzodini ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” va “Atalanta” uchrashuvida Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!