
Shomurodovning asosiy raqobatchisi Ibragimovichning o‘rnini egallashi mumkin
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi forvardi Artyom Dzyuba faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashrining xabar berishicha, agar Zlatan Ibragimovich jamoani tark etsa, "rossonerilar" uning o‘rniga aynan 31 yoshli rossiyalik futbolchini olib kelmoqchi.
Ammo, Dzyuba piterliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishganini ham unutmaslik lozim. Shu bois “Milan” Artyomning transferi uchun yaxshigina pul sarflashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Dzyuba joriy mavsum “Zenit” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U ayni damda RPL to‘purarlar jadvalida 13 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Uni esa 11 ta gol urgan "Rostov"dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov ta’qib qilmoqda.
Fikrlar