Shomurodovning “Kalyari”dagi debyuti qanday baholandi?

  • 22 avgust, 2023, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 8
  • Futbol
BEPUL PROPAN

A Seriyada birinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. O‘nta uchrashuvdan atigi ikkitasida g‘olib aniqlanmadi.

Nihoyat, A Seriya debyutanti “Kalyari” ham chempionatni boshlab oldi. Turinda “Torino” mehmoni bo‘lgan Klaudio Raneri shogirdlari bir ochko egasi bo‘ldi. Bu bahs birinchi turda tomoshabinlar gol ko‘rmagan yagona uchrashuv bo‘ldi.

Mutaxassislar debyutant jamoa uchun “Torino” kabi kuchli jamoa maydonidan durang bilan qaytishni ijobiy natija sifatida qayd etmoqda.

8c918d6beddb4f5ae04e24bc0e55bf75

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ahamiyatlisi esa, Eldor Shomurodov Sardiniya klubida A Seriyada debyut qilgani bo‘ldi.

Klaudio Raneri hali sport formasini to‘liq tiklab ulgurmagan o‘zbekistonlik legionerni 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushirdi.

Uchrashuv tahlili bilan shug‘ullanayotgan manbalar, xususan, https://www.calciomercato.com sayti “Kalyari” futbolchilarining harakatlarini baholab chiqdi.

Boris Radunovich 6,5:

Har doim shay holatda turdi. Sanabriyaning zarbasidan keyin superseyv namoyish qildi.

Eduardo Goldaniga 5,5:

Himoyada mustahkm o‘ynashga harakat qildi. Biroq, raqib futbolchilaridan Karamox tezkor o‘yini bilan uni ancha qiynab qo‘ydi.

Allesandro Di Pardo 6:

Ikkinchi bo‘lim boshida Goldaniganing o‘rniga maydonga tushib, ancha faol o‘ynadi. Hujum uyushtirishda o‘zini ko‘rsata oldi.

Alberto Dossena 6.5:

Raqibning asosiy figuralaridan hisoblangan Sanabriyani o‘yindan chiqara oldi. Debyut uchrashuvida zo‘r o‘ynadi.

Adam Obert 6:

“Torino” hujumchisi Radonichga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Himoyani yaxshi boshqara oldi.

Gabriele Dzappa 5.5:

Tezkorlik etishmadi. Bundan tashqari, hujum uyushtirishda biroz sust o‘ynadi.

Ibrohim Sulemana 6.5:

Legioner futbolchi o‘zini ko‘rsata oldi. A Seriya bosimini engib o‘tdi va o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi.

Antuan Makumbu 6:

Sulemana bilan birgalikda maydon markazida ancha faol va samarali o‘ynadi. Himoyalanishda ham ishonchli harakat qildi.

Paulo Azzi 6:

Himoyalanishda o‘zini ko‘rsatdi. Bir necha marotaba xavli hujum uyushtirishga urinib ko‘rdi.

Naytan Nandes 6:

Gollar hisobini ochishga yaqin keldi. Bir necha marotaba jamoadoshlariga qulay to‘p oshirishni uddaladi. Yanada kuchliroq o‘ynashga salohiyati etadi.

Leandro Pavoletti 6:

Nandesning o‘rniga maydonga tushgan tajribali hujumchi bu gal ancha faol o‘ynadi.

Zito Luvumbo 5.5:

Oldingi chiziqda xavfli vaziyatlar yarata olmadi. Shu boiz, 62-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Eldor Shomurodov 5.5:

To‘pni jamoasida saqlab qolishga urinishlari bilan e’tiborni qozondi. Bir necha vaziyatda jamoadoshlarini hujumga chiqarish uchun aniq pas bera oldi.

LtNIhaxw-760x490

Gaetano Oristanio 6.5:

Bu futbolchi har jabhada o‘zini ko‘rsata oldi. Eng zo‘r o‘yinchi bo‘lishi uchun bitta gol etishmadi xolos.

Yakub Yankto 6:

Bu futbolchi gol urishga juda yaqin kelgandi. Ancha faolligi bilan ajralib turdi.

Klaudio Raneri 6:

Kutilmagan qarorlari bilan ko‘pchilikni hayratga soldi. U amalga oshirgan o‘zgartirishlar “Kalyari”ning o‘yinini kuchaytirdi. Safar uchrashuvidan ochko olib qaytdi.

Bu futbolchiga Evropada kamida Shomurodovning yo‘lini bersin, deyishmoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ХОЛМУРОДОВ АМИР
22/08/2023 12:25
Энг паст балл олганлар орасида Шома.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
22/08/2023 12:24
Умидларимиз пучга чикди Шома тулик захирада уйнайдиган куринади.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
22/08/2023 12:32
Ористанео ва Лувумбо деган хужумчилар жуда еш экан асосий улар экан
Муродов Лутфулло
23/08/2023 20:07
5.5 хам куп Шомага . Абсолютно уйинга кушила олмади . Кейин кандок булади билмадиму лекин хозирги хунари билан дублда хам керак булмайди .
&
Alsher
23/08/2023 10:28
Pasku beryapti ammo bazilari qizģanyapti òtgan òyinda bilinda yaqqol ishonchi pasjamoani Shoma ga Shoma harak qilishi kerak tòpni olishga yugurmayapti prosta yurib òynayapti xolos
&
Paxtakor muhlisi
22/08/2023 13:58
Мавсум энди бошланди. Спорт формасига тушиб олса Аллох насиб этса асосий хужумчи булиб олади. Асосийси жамоадошлари унга хам пас бервотди. Рома ва Специяда буни кам курдик. Омадини берсин
Джураев Уктам
22/08/2023 13:45
пасту. Шу европанинг Белгия, Голландия,Туркия каби чемпионатларига ўтса хамма учун яхши бўларди.
&
Norboev Soatmurat
22/08/2023 13:01
Нима булганда хам шомурадов асосиега киришга харакат килиш керак омад