Shomurodovning xizmatlari evaziga "Roma" evrokuboklar mavsumini yirik g‘alaba bilan boshladi (video)

  • 17 sentabr, 2021, 07:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Evropa Konferentsiyalar ligasi “C” guruhi 1-turida "Roma" safarda TsSKA Sofiya mehmoni bo‘ldi va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mehmonlar 10-daqiqada tezkor gol urishga erishdi. Keri o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Oradan 15 daqiqada o‘tib, "bo‘rilar" sardori Pellegirini super goli bilan javob qaytardi.

Bellashuvning 38-daqiqasida Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Stefan El-Shaaravi "Roma"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.

Bahsning 62-daqiqasida Pellegrini dublini rasmiylashtirdi. Keyinchalik Manchini va Abraxam ham raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Temmining goliga legionerimiz assistentlik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!