Shon O'Melli: "Umar Nurmagomedovning ortida kuchli jamoa turibdi"
Amerikalik UFC jangchisi Shon O'Melli rossiyalik Umar Nurmagomedov haqida iliq fikr bildirdi.
“Umar juda zo‘r jangchi. U "stoyka" da ajoyib harakat qiladi. Texnikasi kuchli, zarbalari aniq va grepplingda ham anchagina mahoratga ega. Bundan tashqari, uning ortida kuchli jamoa turibdi. Menimcha, Nurmagomedov bizning vazn toifamizdagi eng yaxshi jangchilardan biri, balki eng yaxshisidir. Uning keyingi raqibi kim, bilmaymiz. Biroq menga ham u kabi jang belgilanmagan. Shu bois...balki ikkimiz oktagonda uchrasharmiz”, — deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, O'Melli "UFC 316" turnirida Merab Dvalishviliga qarshi revansh o‘tkazib, 3-raundda sabmishn evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar