Shon Striklendmi yoki Entoni Ernandez? UFC sobiq chempioni g'olib nomini taxmin qildi

  • 15.02.2026 13:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC ning o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Drikus dyu Plessi amerikaliklar – Shon Striklend va Entoni Ernandes o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

"Agar pul tikishim kerak bo‘lsa, uslubga asoslanib Striklendni tanlagan bo‘lardim. Chunki siz Shon bilan jang qilsangiz, g‘alaba qozonish uchun juda kuchli zarbaga ega bo‘lishingiz kerak. Entonida esa bunday zarba yo‘q", – dedi janubiy afrikalik "Fight Forecast" You Tube kanali bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Striklend va Ernandes qarama-qarshiligi 22 fevral kuni "UFC Fight Night 267" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!