
"Sho‘rtan" "Hokim Kubogi"da g‘olib chiqdi
Bugun "Sho‘rtan" Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogi finalida Qarshi Davlat universiteti jamoasi "Lochin QDU" jamoasi bilan bellashdi. Keskin kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvda "Sho‘rtan" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va ketma-ket ikkinchi bor Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda g‘uzorliklarning gollariga Jasur Xolto‘raev, Mirjalol Jumaev va Muhriddin Zoirovlar mualliflik qilishdi.
Shuningdek, musobaqa yakuniga ko‘ra "Sho‘rtan" darvozaboni Mirzohid Mamatxonov turnirning eng yaxshi darvozaboni, Muhriddin Zoirov esa eng yaxshi to‘purar deb topildi.
Viloyat hokimi Kubogi musobaqasidagi ishtirokidan so‘ng "Sho‘rtan" jamoasi kichik ta’tilga chiqdi. G‘uzorliklar 21 fevral kuni G‘uzorda yig‘ilib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogi musobaqasida uchinchi o‘rin uchun kurashgan "Sho‘rtan" U-19 "Nasaf" U-21 jamoasiga 5:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirning to‘rtinchi o‘rnini egalladi.
"Sho‘rtan" matbuot xizmati.
Fikrlar