
"Sho‘rtan" ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi
Pro liga qatnashchisi – G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi. O‘zPFL matbuot xizmatining xabariga qaraganda, “Sho‘rtan” darvozabon Sherzod Abduraimov va yarim himoyachi Sherali Jo‘raev bilan xayrlashgan.
Ma’lumki, o‘tgan turda “Sho‘rtan” posboni Abduraimov “Mash’al”ga qarshi bellashuvda ikkinchi golni o‘tkazib yuborganidan so‘ng raqib futbolchisiga “kalla” qo‘yib jarohat etkazgandi. Balki shu holat klubning u bilan shartnomani bekor qilishiga asosiy turtki bo‘lgandir.
Shuningdek, bir necha yillar “Qizilqum” sharafini himoya qilgan va joriy mavsum boshida “Sho‘rtan”ga qo‘shilgan Sherali Jo‘raev bilan shartnoma bekor qilinishi biroz kutilmagan yangilik bo‘ldi. Ikkala futbolchi bu yil pro ligada “Sho‘rtan” safida 4 tadan uchrashuvda maydonga tushishgandi.
Fikrlar