“Sho‘rtan” jamoasi safida jiddiy yo‘qotish
O‘tgan haftada Oliy liganing 7-tur doirasida o‘rin olgan “Navbahor”-“Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi keskin kurashlarga boy bahsda g‘uzorlik futbolchilar kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. “Oq bo‘rilar” safida o‘zining yorqin o‘yinlarni boshidan o‘tkazayotgan jamoa to‘purari va sardor sifatida maydonga olib chiqayotgan iqtidorli hujumchi Igor Taran jarohat olgan edi. Klub shifokorlarining tekshiruv natijasiga ko‘ra, futbolchining o‘ng oyoq to‘rtinchi panjasi so‘yagida mikro yorilish (treshenie) bo‘lgan. Jamoa malakali shifokori Alisher Abdurahmonov tashxisiga asosan, Igor Taran jamoasiga yordam berolmaydi. Endilikda futbolchi ikki haftaga safdan chiqdi. G‘uzorliklarning “yoqimtoyi” Igor Taran tezroq jarohatdan forig‘ bo‘lib jamoaning zafarli yurishlarida hissasini qo‘shadi va ko‘plab mahalliy muxlislariga ajoyib o‘yinlarini tuhfa etadi.
Faxriddin Choriev.
Fikrlar