Shota Arveladze koronavirusdan sog‘ayganini ma’lum qildi

  • 5 oktabr, 2020, 00:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan Osiyo Chempionlar ligasi davomida koronavirus yuqtirib olib, davolanayotgandi.

Tecno

Murabbiy ayni paytda kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

- Men Covid-19dan tuzalganimni sizlarga ma’lum qilmoqchiman. Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Iliq so‘zlaringiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur, - dedi Shota Arveladze.

Eslatib o‘tamiz, "sherlar" OChL chorak finalida Eronning "Persepolis" klubiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!