Shri-Lankaga qarshi bellashuvdan so‘ng pokerga erishgan Nilufar Qudratova o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 30 iyun, 11:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2026 yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida O‘zbekistonning ayollar terma jamoasi Shri-lanka bilan to‘qnash kelib, 10:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng poker muallifi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Nilufar Qudratova bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 
 
"Avvalambor Assalomu Alaykum barchaga. Albatta, birinchi muxlislarimizga kattakon rahmat deymiz. Sababi, bizni stadiondan tomosha qilgan holda, qo‘llab-quvvatlashganiga. 
 
Agarda o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam - uchrashuv zo‘r bo‘ldi deb o‘ylayman. Keyingi bellashuvlarda bundan ham chiroyliroq harakat qilib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz"
- deya ta’rif berib o‘tdi ayollar terma jamoasi a’zosi. 
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 2 iyul kuni Laosga qarshi o‘tkazadi,

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!