
"Shtutgart" o‘z uyida "Bavariya"ni taslim qildi (video)
Germaniya Bundesligasining 32-turida “Shtutgart” o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qildi.
Bundesliga musobaqa jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar to‘qnashuvida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Shtutgart” “Bavariya” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. G‘alaba keltirgan gollarni Stergiu (29), Chon U Yon (83) va Mvumpa (90+3) kiritdi. “Bavariya” safida yagona javob golini Xarri Keyn 37-daqiqada penaltidan kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Shtutgart” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 67 taga etkazib olgan holda o‘zi egallab turgan 3-o‘rinda qoldi, “Bavariya” ham mag‘lub bo‘lishiga qaramay 2-pog‘onada qolmoqda. Myunxenliklar hisobida 69 ochko mavjud.
“Shtutgart” Bundesliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 10 may kuni safarda “Augsburg”ga qarshi o‘tkazsa, “Bavariya” 12 may kuni “Volfsburg”ni qabul qiladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar