“Shtutgart” to‘purar hujumchisini uzoq muddatga olib qolmoqchi

  • 26.05.2026 19:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

29 yoshli germaniyalik hujumchi Deniz Undav yangi shartnoma bo‘yicha “Shtutgart” bilan muzokara olib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati forvardning ushbu mavsumdagi o‘yinlaridan juda mamnun va uni jamoada uzoq yillar saqlab qolishni istamoqda.

Undav mavsum davomida muhim gollari va barqaror o‘yinlari bilan “Shtutgart”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Ayniqsa, uning hujumdagi samaradorligi jamoaning yuqori o‘rinlar uchun kurashida katta ahamiyat kasb etdi. Futbolchi joriy mavsum Bundesligada 29 ta o‘yinda 19 ta gol urdi.

“Shtutgart” rahbariyati futbolchi atrofida boshqa klublar qiziqishi kuchayib borayotganini hisobga olib, tezroq yangi kelishuvga erishishni maqsad qilgan.

Hozircha shartnomaning yangi muddati yoki moliyaviy shartlari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!