Shu futbolchi kerakmi? 150 million sananglar!
Dortmundning “Borussiya” klubi yosh futbolchilarni super o‘yinchilarga aylantirish bo‘yicha etakchi hisoblanadi.
Ayni paytda dortmundliklar safida o‘ynayotgan Jud Bellingem qator grand klublar nishonida turibdi. Bundesliga vakili bu o‘yinchisini kelasi yozda sotib yuborishga tayyor.
The Athletic nashrining xabar berishicha, “Borussiya” 19 yoshli futbolchi bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega va uni 150 million evroga baholamoqda. Dortmundliklar iste’dodli angliyalik o‘yinchini ikki yil muqaddam “Birmingem”dan 25 million evroga xarid qilgandi.
Hozirning o‘zida “Real”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirmoqda.

Fikrlar