
Shu futbolchi Muhammad Salohning o‘rnini bosadi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa muvaffaqiyatlarini ta’minlab kelayotgan Muhammad Saloh o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti.
Ma’lumki, ko‘p manbalar misrlik to‘purar yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishini ta’kidlayapti. Chunki saudiyaliklar taklif qilayotgan badal puli va maoshdan klub ham, futbolchi ham yuz o‘girishi qiyin.
Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar Salohning o‘rniga Doniell Molenni olib kelishni mo‘ljallayapti.
“Borussiya”da o‘ynayotgan futbolchining transfer summasi 40 million evroni tashkil qiladi. Molenning dortmundliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuo‘ilgan.
Niderlandiyalik o‘yinchi gol urishdan tashqari, hujum tashkil qilish va golli vaziyatlar yaratishga ham usta hisoblanadi.
Fikrlar